Cisco Unified IP Phones 500 seriyali IP telefonlar
Cisco Unified Communications 500 (UC500) seriyasi — bu kichik ofislar uchun mo'ljallangan "hammasi bittada" (IP-ATS) yechimidir. Ushbu platforma IP-telefoniya, ovozli pochta, videoxabarlar, xavfsizlik va simsiz tarmoq xizmatlarini bitta qurilmada jamlaydi. 48 nafargacha foydalanuvchini qo'llab-quvvatlaydi va CRM dasturlari hamda elektron pochta bilan oson integratsiyalashadi.
UC500 tizimi orqali siz professional ofis aloqasini minimal xarajatlar bilan tashkil qilishingiz mumkin. O'rnatilgan PoE portlari IP-telefonlarni alohida quvvat manbaiga ulamasdan ishlatish imkonini beradi. Shuningdek, tizim eski analog liniyalar (FXO) va faks apparatlari (FXS) bilan ishlash uchun maxsus portlarga ega. Bu qurilma ofisning nafaqat telefon tizimi, balki asosiy internet routeri va himoya devori (firewall) vazifasini ham bajaradi.
Texnik xususiyatlari:
-
Foydalanuvchilar: 8 tadan 48 tagacha foydalanuvchi konfiguratsiyasi.
-
Xotira: Cisco IOS uchun 256 MB DRAM va ovozli xabarlar uchun 1 GB Flash xotira.
-
Ulanish: 8 ta PoE qo'llab-quvvatlovchi LAN portlari va VIC modullari uchun slot.
-
Ovozli pochta: 6 ta bir vaqtning o'zida ulanish imkoniyatiga ega avto-sekretar.
-
O'rnatish: Stol ustiga, devorga yoki 19 dyuymli stoykaga (rack) o'rnatish imkoniyati.