WiFi tarmoqlarini loyihalash va o'rnatish
mdtech kompaniyasi korporativ Wi-Fi-tarmoqlarini dizaynini ishlab chiqish, yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatadi.
Simsiz Wi-Fi tarmoqlari iqtisodiyotning har qanday sektorida (ishlab chiqarish, logistika, HoReCa, chakana savdo, tibbiyot, moliya va boshqalar) uzluksiz va ishonchli ishlash uchun juda muhimdir.
Yangi Wi-Fi tarmog‘ini joriy etish yoki modernizatsiya qilishdagi asosiy muammo — bu ulanish nuqtalarini to‘g‘ri joylashtirishdir, ya’ni maqsadli zonada barqaror qamrovni ta'minlash uchun ularning soni va joylashuvini aniqlash. Dastlabki radiotexnik tekshiruvsiz Wi-Fi tarmog‘ini yaratish — jiddiy xato bo‘lib, ko‘pincha tarmoq ishining buzilishiga va muhim biznes jarayonlarining to‘xtashiga olib keladi.
Faqat malakali bajarilgan radiochastotali rejalashtirish tartibi oldindan aytish mumkin bo‘lgan xususiyatlarga ega nosozlikka chidamli simsiz tarmoqni yaratishga imkon beradi.
Wi-Fi Radiorejalashtirish
Radiorejalashtirish — loyihaning eng muhim bosqichi bo‘lib, uning sifatiga tarmoq ishonchliligi bog‘liq. Rejalashtirish doirasida quyidagilarni hisobga olish muhim: radio-o‘tkazmaydigan to‘siqlar, devor va shift materiallari, foydalanuvchilar joylashuvining notekisligi, xodimlarning harakatlanish yo‘nalishlari, ilovalarning yuklanish xususiyatlari va uskunaning jismoniy o‘ziga xosliklari.
Wi-Fi tarmog‘ini loyihalash va yaratish bosqichlari
-
Qamrovni rejalashtirish (Prediktiv dizayn): Biznes talablarini baholash, TTni tuzish. Ob’ektning 3D-modelini yaratish va prediktiv qamrov rejalashtirishini amalga oshirish (balandlik, materiallar, foydalanuvchi zichligini hisobga olgan holda). Tarmoq arxitekturasi umumiy kontseptsiyasini va uskunaning taxminiy spetsifikatsiyasini tayyorlash.
-
Radiochastotali tekshiruv (Site Survey): Prediktiv modelni aniqlashtirish maqsadida sinov UNlaridan foydalangan holda ob’ektda tekshiruv o‘tkazish. Amaldagi o‘lchov natijalari bilan texnik hujjatlarni chiqarish. Barcha tarmoq komponentlari va ularning konfiguratsiyasi batafsil tavsifi bilan past darajadagi dizaynni tayyorlash.
-
Joriy etish va integratsiya: Uskunalarni yetkazib berish, loyihaga muvofiq TKT va UNlarni o‘rnatish. Yechimni buyurtmachining mavjud tizimlari bilan integratsiya qilish (autentifikatsiya/avtorizatsiyani sozlash, WMS/PMS xizmatlari bilan integratsiya).
-
Yechimni validatsiya qilish: O‘rnatish sifatini nazorat qilish va radio qamrov parametrlarining talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida loyiha yakunidan keyingi radio-tekshiruvni o‘tkazish. Sozlamalar auditi va radio qamrovni optimallashtirish bo‘yicha ishlar.
-
Konsalting va qo‘llab-quvvatlash: Konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchilarning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan o‘zaro aloqani kuzatish.
mdtech’da Wi-Fi tarmog‘ini tashkil etishning asosiy xususiyatlari
-
Asbob-uskunalar: Biz batafsil prediktiv modellar va qamrov xaritalarini yaratish uchun professional dasturiy-apparat kompleksi Ekahau Site Survey Pro’dan foydalanamiz.
-
O‘lchov aniqligi: Ekahau Sidekick spektr analizatori ikkala Wi-Fi diapazonini (2.4GGs + 5GGs) real vaqt rejimida tekshirish imkonini beradi, Wi-Fi qurilmalaridan tashqari, boshqa shovqin manbalari haqida ham ma'lumot to‘playdi.
-
Xavfsizlik va samaradorlik: Murakkab maydonlarda (omborlar, sexlar) tekshiruvlar uchun pnevmatik ustunlar (3-12 metr) qo‘llaniladi, bu ish jarayonlarini to‘xtatmasdan antennalarni aniq sozlash imkonini beradi.
-
Demo-fond: O‘zimizning demo-fondimizda yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining (Cisco, Ruckus, Aruba, Extreme Networks va boshqalar) keng model qatoridagi UNlari mavjudligi, uskunaning tanlangan modelini va konfiguratsiyasini real sharoitlarda tasdiqlash imkonini beradi.
mdtech tizim integratori ob’ektingiz uchun quyidagilarni amalga oshirishga tayyor:
-
Audit + amaldagi Wi-Fi tarmog‘idagi muammolarni topish va bartaraf etish.
-
Yangi ob’ekt uchun Wi-Fi tarmog‘i dizaynini ishlab chiqish.
-
Kengaytirilgan xizmatlar (mesh tarmoqlari, axborot tizimlari bilan integratsiya).
-
To‘liq "kalit ostida" qo‘llab-quvvatlash va barcha Wi-Fi xizmatlari.