Import o'rnini bosuvchi dasturiy ta'minot
mdtech KOMPANIYASI O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN VA ISHONCHLI MINTAQAVIY INFRATUZILMA DASTURIY TA'MINOTINI TANLASH, JORIY ETISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH XIZMATLARINI TAQDIM ETADI
Global siyosiy va iqtisodiy beqarorlik sharoitida ko‘plab xorijiy vendorlar texnik qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqda, litsenziyalar sotuvini cheklamoqda yoki foydalanuvchilarni global xizmatlardan uzib qo‘ymoqda. Bu maxfiy ma'lumotlar himoyasini xavf ostiga qo‘yadi va O‘zbekiston kompaniyalarining IT-infratuzilmasi barqarorligini pasaytiradi.
Mahalliy va ishonchli mintaqaviy dasturiy ta'minotga o‘tish — raqamli mustaqillik va biznes xavfsizligini ta'minlash uchun strategik qadamdir.
Mahalliy va ishonchli DTga o‘tishning afzalliklari:
-
Xavfsizlik: IT-tizimlarning tashqi tahdidlardan himoyalanish darajasi oshadi. Mintaqaviy yechimlar (masalan, "Kasperskiy laboratoriyasi" mahsulotlari) bazalarning o‘z vaqtida yangilanishini kafolatlaydi.
-
Texnik ko‘mak: Malakali yordamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va kafolatlangan yangilanishlar.
-
Regulyator talablari: O‘zbekiston milliy regulyatorlari tomonidan axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyadan o‘tkazishda muammolarning yo‘qligi.
mdtech integratori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob beradigan va biznesning uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan dasturiy yechimlarni yetkazib beradi va joriy etadi.
mdtech’dan kompleks xizmatlar:
-
Audit va baholash: Tashkilotdagi dasturiy ta'minotning joriy holati va risklarini tahlil qilish.
-
Analoglarni tanlash: O‘zbekiston va mintaqaviy ishlab chiqaruvchilarning samarali yechimlarini saralash.
-
Uzluksiz migratsiya: Biznes jarayonlariga zarar yetkazmagan holda yangi yechimlarga o‘tish.
-
O‘qitish: Buyurtmachining IT-jamoasini yangi tizimlarni boshqarish asoslariga o‘rgatish.