KSVPP-5e tarmoq kabeli
KSVPP–5e tarmoq kabeli (Andijonkabel) — bu tashqi muhitda yotqizish uchun mo'ljallangan ekranlanmagan "vityaya para" (UTP) kabelidir. Quyosh nuriga chidamli polietilen (PE) qobig'i kabelni namlikdan va ultrabinafsha nurlardan ishonchli himoya qiladi. Ekranlanmagan konstruktsiyasi tufayli kabel ancha egiluvchan va montaj qilish uchun qulay bo'lib, tashqi elektromagnit xalaqitlar bo'lmagan joylarda internet tarmoqlari va videokuzatuv tizimlarini qurish uchun eng tejamkor yechim hisoblanadi.
Texnik xususiyatlari:
-
Vazifasi: Tashqi (ko'chadagi) o'rnatish.
-
Kategoriya: 5e (100 MGts gacha chastota).
-
Konstruksiya: Ekranlanmagan (UTP), tashuvchi simsiz (trossiz).
-
O'tkazgich materiali: Yumshoq mis sim (5-egiluvchanlik klassi).
-
Qobig'i: Qora rangli PE (UV-bardoshli).
-
Ishlab chiqaruvchi: Andijonkabel.