Vazifalarni boshqarish tizimi
Mahsulot tavsifi: Loyihalarni boshqarish tizimi
Tizim xodimlarga vazifalar yuklash va ularning ijrosini nazorat qilish zarur bo‘lgan barcha davlat va xususiy muassasalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Loyiha va vazifalarni boshqarishning asosiy jarayonlari:
-
Loyiha va kichik loyihalarni rejalashtirish hamda nazorat qilish.
-
Vazifa va kichik vazifalarni rejalashtirish hamda monitoring qilish.
-
Haqiqiy ma'lumotlarni qayd etish, natijalarni tekshirish va qabul qilish, loyihalarni yopish.
-
Loyihalar va vazifalarning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
Tizim quyidagilarni ta'minlaydi:
-
Ma'lumotlarning maxfiyligi.
-
Tizimga va ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish.
-
Foydalanuvchilarning ma'lumotlarga kirish huquqlarini tabaqalash (chegaralash).
-
Ma'lumotlarning butunligi va daxlsizligi.
-
Foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish va tizimdagi harakatlarni avtorizatsiyalash.


