Xodimlarni hisobga olish tizimi
Mahsulot tavsifi: UzKadr avtomatlashtirilgan tizimi
Bugungi kunda kadrlar bo‘limi faoliyati juda ko‘p qog‘ozbozlikdan iborat. UzKadr tizimining asosiy vazifasi — jarayonlarni avtomatlashtirish va kerakli ma'lumotlarni qidirishni qulaylashtirishdir.
UzKadr tizimining afzalliklari:
-
Raqamlashtirish: Qog‘oz hujjatlardan voz kechish va kadrlar faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish.
-
Tezkor qidiruv: Istalgan mezonlar bo‘yicha kerakli xodimni soniyalar ichida topish.
-
Avtomatik generatsiya: Xodimning ma'lumotnoma-ob'ektivkasini avtomatik shakllantirish.
-
Markazlashgan boshqaruv: Korxonaning barcha filiallaridagi kadrlarni yagona tizimda boshqarish.
-
Yuklamani kamaytirish: Ma'lumotlarni har bir bo‘lim boshlig‘i tomonidan kiritilishi kadrlar bo‘limi ishini yengillashtiradi.
Tizim imkoniyatlari:
-
Shtat jadvali va shaxsiy kartochkalarni yuritish.
-
Aqlli daxshbord: Muhim voqealar haqida eslatmalar (mehnat shartnomasi muddati tugashi, tibbiy ko‘rik va h.k.).
-
Xizmat safarlari va mehnat ta'tillarini rasmiylashtirish.
-
Ish vaqtini tabel asosida hisobga olish.
-
Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlarni shakllantirish va yuritish.
Biz haqimizda: Kompaniyamiz 10 yildan ortiq vaqt davomida dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. UzKadr mahsuloti zamonaviy texnologiyalar asosida noldan yozilgan bo‘lib, bu bizga tizimni mijoz istagiga ko‘ra moslashtirish va yangi funksiyalar qo‘shish imkonini beradi. Tizim ko‘plab vazirliklar va hududiy bo‘linmalarga ega yirik tashkilotlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.





