Biometrik kirishni boshqarish

Biometrik kirishni boshqarish

Mahsulot tavsifi

Tizim xodimlarning mulki, moddiy boyliklar, ma'lumotlar bazalari va korxonaning boshqa aktivlarini ishonchli himoya qiladi. Qurilmalar har qanday — ofis, ishlab chiqarish yoki omborxona interyeriga mos tushadi. Kalit va parollar o‘rniga barmoq izidan foydalaniladi.

Tizim plastik kartochkali o‘tish tizimlaridan butunlay voz kechib, ularni barmoq iziga almashtirish imkonini beradi. Mehmonlar va vaqtinchalik xodimlar uchun kartochka orqali o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Integratsiya va afzalliklari:

  • Barcha mavjud kirishni nazorat qilish tizimlari bilan oson integratsiyalashadi.

  • Kadrlar bo‘limi, buxgalteriya va rahbariyatga aniq va vaqtli ma'lumotlarni avtomatik ravishda taqdim etadi.

Imkoniyatlar:

  • Xodimlarning ish vaqti hisobi.

  • Shaxsiy kirish rejimlarini belgilash.

  • Davomat hisobotlarini shakllantirish.

  • Korxona hududiga kirish va xodimlarning hudud bo‘ylab harakatlanishini nazorat qilish.

  • Kompyuter va ma'lumotlar bazalarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish.

IP-telefoniya va videokonferensaloqa